Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan berilgan “Qora o‘ralar atrofidagi astrofizik effektlarni sonli va analitik modellashtirish” mavzusidagi FL-10425067111- sonli fundamental loyiha
Mazkur fundamental loyiha zamonaviy astrofizikaning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, koinotdagi sirli obyektlar — qora tuynuklar (qora o‘ralar) atrofida sodir bo‘ladigan murakkab fizik jarayonlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida ilg‘or sonli va analitik modellashtirish usullari orqali ushbu sohadagi astrofizik effektlar chuqur tahlil qilinadi.
Bu kabi fundamental tadqiqotlar mamlakatimizda ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishga, xalqaro miqyosdagi ilmiy hamkorliklarni kengaytirishga hamda nazariy fizika yo‘nalishidagi ilmiy salohiyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
O'zbekcha
Русский
English