Hurmatli talabgorlar!  

 

“Yangi O‘zbekiston” universiteti huzuridagi Ilg‘or tadqiqotlar institutining 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul bo‘yicha kirish imtihonlari har bir ixtisoslik kesimida ilovada keltirilgan jadvalga muvofiq o‘tkaziladi. Barcha talabgorlardan imtihon boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin belgilangan manzilga yetib kelishlari hamda o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni olib kelishlari so‘raladi. Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 1-uy, “Yangi O‘zbekiston” universiteti.