“Yangi O‘zbekiston” universiteti huzuridagi Ilg'or tadqiqotlar instituti tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) dasturlariga qabul boshlanishini ma’lum qiladi.
Ustuvor ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar rejalashtirayotgan ilmiy tadqiqot loyihasini taqdim etishlari va himoya qilishlari lozim. Tadqiqot loyihasini tayyorlash, taqdim etish va baholash tegishli uslubiy ko‘rsatmalarda belgilangan talab va mezonlar asosida amalga oshiriladi.

Chet tilini bilish darajasiga qo‘yiladigan talab
Bakalavriat va/yoki magistratura ta’limini to‘liq ingliz tilida tamomlagan talabgorlardan, mazkur holatni tasdiqlovchi tegishli hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda, chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat talab etilmaydi.
Hujjatlarni topshirish tartibi
Hujjatlar joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi.
Arizalar  https://daraja.ilmiy.uz/   elektron tizimi orqali topshiriladi.
Qabulga oid hujjatlar
Qabul kvotalari, ustuvor ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha tadqiqot loyihasini tayyorlash va baholash talablari, shuningdek, PhD va DSc darajalari uchun taqdimot namunalari quyida keltirilgan:

https://newuu.uz/uploads/pages/uslubiy_korsatma.pdf  

https://newuu.uz/uploads/pages/Tadqiqot_loyihasi_taqdimoti_PhD.pdf

https://newuu.uz/uploads/pages/Tadqiqot_loyihasi_taqdimoti_DSc%20.pdf

https://newuu.uz/en/phd-programs/approved-quotas-for-2026-year-